← К описанию

Boxodir Xoshimovich Karimov, Akmaljon Olloberdiyevich Kuchkarov - Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma



Redaktor Ibratjon Xatamovich Aliyev

Redaktor Obbozjon Xokimovich Qo'ldashov

Redaktor Salim Madraximovich Otajonov

Muqova dizayneri Boxodir Xoshimovich Karimov

Muqova dizayneri Ibratjon Xatamovich Aliyev

Illustrator Boxodir Xoshimovich Karimov

Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev

Taqrizchi, Farg'ona Politexnika Instituti Enegetika fakulteti "Fizika" kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Nomonjon Sultonovich Sultonov

Taqrizchi, Farg'ona Politexnika Instituti Energetika fakulteti "Fizika" kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Zokirjon Mirzajonovich Mirzajonov

Taqrizchi, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti "Texnologik ta'lim" kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Tursun Axmedovich Axmedov

Korrektor Ibratjon Xatamovich Aliyev

Korrektor Sayora Boxodirovna Aripova


© Boxodir Xoshimovich Karimov, 2024

© Akmaljon Olloberdiyevich Kuchkarov, 2024


ISBN 978-5-0064-0146-4

Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero

Tavsiya etilgan o’quv qollanmasi avtomatizasiya va robototexnika boyicha loyihalarda mikrokontrollerlarni tashqi muhit bilan aloqada bo’lishidan foydalanib, mikrokontrollerlarni dasturlashni o`rganayotgan o’quvchilarga mo’ljallangan.

O`quv qo`llanmasida Arduino IDE muhiti yordamida Arduino platasini dasturlash tili yoritilgan bo`lib, amaliyotda qo`llaniluvchi amaliy loyihalar keltirilgan. Qo`llanmada amaliyotda qo`llaniladigan, yechimi tugallangan Arduino asosidagi ko`plab amaliy loyihalar yoritilgan. Qollanmada keltirilgan loyihalardan o`quv jarayoni, sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda qo`llash imkonlari keltirilgan.

1-bob. ARDUINOGA KIRISH

1.1.Arduino nima

Arduino – bu ochiq kodli platforma bo`lib elektron loyihalarni yaratish uchun ishlatiladi. Arduino dasturlashtiriladigan elektron platadan va kompyuter kodini yozish hamda dasturni plataga yuklash uchun foydalaniladigan dasturiy ta`minot IDE (Integrated Development Environment, ya`ni, o`zbekchada «Integratsiyalashgan rivojlanish muhiti», -Integratsiya (lot. integratio – tiklash, to'ldirish) dan iborat.

Arduino platformasi elektronika bilan endigina shug`ullanayotgan o`rganuvchilar hamda ushbu sohadagi tajribali mutaxassislar tomonidan turli loyihalar tayyorlashda foydalanib kelinmoqda. Arduino platasiga yangi kodni yuklash uchun USB kabelidan foydalaniladi. Bundan tashqari, Arduino IDE C++ tilining soddalashtirilgan versiyasidan foydalanadi, bu esa dasturlashni o`rganishni osonlashtiradi.

Arduino mikrokontrolleriga yuklanadigan dastur qurilmalarni ma`lum bir algoritmga asosan boshqriladi yoki arifmetik amallarni bajaradi. Arduino dasturlash tilini tushunish juda oson, chunki bu platforma havaskorlar uchun yaratilgan. Arduino mikrokontrolleriga ko`rsatmalar to`plamini yuborish orqali kerakli vazifalarni berishingiz mumkin.

Arduinoda professional bo`lmagan foydalanuvchilar ham turli xil elektron qurilmalarni (avtomatlashtirish va robototexnika tizimlari) yaratishlari mumkin. Arduino asosidagi qurilmalar turli sensorlardan signallarni qabul qilish va turli actuator (Aktuator – bu mexanizm yoki tizimni harakatlantirish va boshqarish uchun moljallangan mashinaning tarkibiy qismi) larni boshqarish imkoniyatiga ega.

Yozilgan dastur Arduinoda mustaqil ishlashi mumkin yoki kompyuter hamda mobil qurilmalar bilan o`zaro aloqada bo`ladi.

Kompaniya asoschilari — Arduino platasini ishlab chiquvchilari italiyalik Massimo Banzi, Devid Kuartil, Tom Igo, Janluka Martino va Devid Mellislardir. Arduinoning nomlanishi ular uchrashgan Italyadagi bardan olingan. Arduino maxsus ochiq manba sifatida ishlab chiqilgan, bo’lib, faqat tovar nomi patentlangan.

Arduino o`zining protsessoriga va xotirasiga ega bo`lgan kichik plata bo`lib, atrof-muhit bilan chambarchas bog`liqdir. Arduino platasida barcha turdagi komponentlar (sensorlar, motorlar, aktuatorlar va kengaytirish platalari) ni ulash mumkin bo`lgan o`nlab pinlar mavjud. 1.1-rasmda Arduino UNO platasi keltirilgan.