← К описанию

Sultonali Abduraxmonov - LaTeX ga kirish. Darslik



Muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev

Muharrir Boxodir Xoshimovich Karimov

Muharrir Salim Madraximovich Otajonov

Illustrator Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov

Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev

Muqova dizayni Sultonali Mukaramovich Abraxmonov

Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev

Taqrizchi, Fargona davlat universiteti kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Karimberdi Egamberdiyevich Onorqulov

Taqrizchi, “Kompyuter tizimlari” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Mamatiso Latibjanovich Djalilov

Korrektor Oqiljon Axmedovich G'ofurov


© Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov, 2022


ISBN 978-5-0059-2939-6

Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero

Annotasiya

O’zbekiston Respublikasining taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin egallashi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish uchun fuqarolarning, ayniqsa ziyolilarni ma’naviy salohiyati, iqtisodiy o’zgarishlarni to’giri talqin qilishlari va bu jarayonlarni boshqara olishlari hamda XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob bera olishlari uchun o’quv maskanlarida sifatli kadrlarni etkazib berish masalasi dolzarb hisoblanadi. Shu borada «LaTeX ga kirish» fani ham kelajak mutaxassislarini zamon talabidan kelib chiqqan holatda matnli ma’lumotlarni innovatsion tamoyillar asosida qayta islash va chop etishga tayorlash texnologiyalari bo’yicha bilim va ko’nikma beradi.

Ushbu darslik xozirgacha mavjud adabiyotlar, maqola, taqdimotlar va ko’rsatmalar asosida tayyorlandi. Barcha foydalanilgan materiallar nomlari va manzillari ko’rsatib o’tildi. Darslikda keltirilgan har bir misol tizimda sinalgan.

Darslikdagi materiallar ketma-ketligi fan bo’yicha tavsiya etilgan fan dasturiga mos keladi. Har bir mavzudan keyin mavzu bo’yich nazorat savollari, topshiriqlar berilgan. Talaba mavzularni o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollarga mustaqil javob berishi va topshiriqlarni bajarishi yetarli. Bundan tashqari fan bo’yicha glossariy va test savollari to’plami berilgan. Shuning uchun o’quv qo’llanmadan fanni mustaqil o’rganuvchilar ham keng foydalanishi mumkin.

Kirish

Respublikada ta’lim sohasidagi islohotlar olib borilayotgani ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning uzviy va hal qiluvchi yo’nalishlaridan biri ekanligini ko’rsatadi. Erkin demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini ta’minlash kabi pirovard maqsadlarga ta’lim sohasini tubdan o’zgartirmasdan va zamonaviy asosda qayta qurmasdan turib erishib bo’lmaydi. Oliy o’quv yurtlarida tayorlanayotgan kelajak kadlarini zamon talablari asosida tayorlash mamlakatni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shlishida muxim omil bo’lib qolmoqda. Kelajak kadrlarini sifati, imkoniyatlari mutaxassislik fanlari tarkibiga bogliq. Shuning uchun o’quv reja tarkibiga fanlarni kiritishda fanni mutaxassisligidan kelib chiqilishi, uni zamon talabidan belgilanishi zarur. Har bir fan tarkibi soxani kelajakdagi yo’nalishiga mos bo’lish, mutaxasisni kelajakka tayorlab borish kerak. «LaTeX ga kirish» fani ham axborot kommunikatsiyalari soxasi mutaxasislariga ilmiy – matematik matnli informasiyalarni qayta ishlash, ifodalash va chop etishga tayorlash masalalarini yechishga tayorlashga qaratilgan. Fan «Axborot kommunikatsiyasi sohasida kasbiy ta’lim» bakalavr ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga asosiy fan sifatida kiritilgan. Lekin «LaTeX ga kirish» fani bo’yicha o’zbek tilida adabiyot mavjud emas. Shuning uchun fandan darslik tayorlanishi dolzarbdir.

Darslikni tayyorlashda ingiliz va rus tilida chop etilgan adabyotlardan foydalanildi. Asosiy adabiyot sifatida. 2003 yilda chop etilgan «С. М. Львовский, Набор и вёрстка в системе L A T E X ” qo’llanmasi olindi.

LaTeX tizimi matematika, kimyo, umuman texnika yo’nlishida maqola, kitob va boshqalarni standart ko’rinishlarda ifodalash uchun yaratilgan. U matematik ifoda, formula tenglamalarni muallif tomonidan kompyuterlarda qayta ishlashni tashkil etish uchun mo’ljallangan. Tizim matn tarkibiga tasvirlarni ixtiyoriy ko’rinishda kiritish, sodda chizmalarni chizish imkoniyatini ham beradi.